» Abu Bakr ( r, a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga
Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etib, xalifalik Umar roziyallohu anhuga topshirildi. Umar roziyallohu anhu davlat ishlari bilan mashgʼul boʼladilar. Hujjatlarni birma-bir koʼzdan kechirib chiqqan Umar roziyallohu anhu sandiqlarning biridan bir idish topadilar. Dirham toʼla bu idishning ichida bir qogʼoz ham boʼladi:

«Men Rasulullohning xalifasi Abu Bakr, xilofotim davomida davlat xazinasidan (baytulmol) menga ajratilgan maoshni olishimga hayo qildim, bir dirhamini ham ishlatmadim. Chunki, mening maqomim risolatni haq-ajr evaziga emas, faqat va faqat Alloh roziligi uchun yetkazgan Rasulning maqomidir. Kunimni esa oʼz gʼayratim bilan oʼtkazdim. Mendan keyin boʼladigan xalifaning maoshi shu idishning ichidagi dirhamdan toʼlansin. Davlat xazinasiga kiritilsin!»

Hayoti Abu Bakr roziyallohu anhu bilan musobaqalashish bilan oʼtkan Umar roziyallohu anhu qogʼozni oʼqib oʼtirib qoldilar. Yigʼlab shunday deydilar:
— Naqadar buyuksan, ey Abu Bakr! Hayotligingda sendan oʼzib ketishimga fursat bermading. Vafot qilib ham imkon bermayapsan...

Abdulloh Rahimboyev tarjimasi.
ОНЛАЙН СМОТРЕТЬ
Добавить в закладки
Есть жалоба?
AGAR FILM SIZGA YOQSA ALBATTA FIKRLARINGIZNI YOZIB QOLDIRING!

Abu Bakr ( r, a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga

  • Название:: Abu Bakr ( r, a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga
  • Категории: ---
  • Год, страна:
  • Страна:
  • Давлат тили:
  • Автор материала: admin
Abu Bakr ( r, a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga
Abu Bakr ( r, a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga
00
Ключевые слова:
Abu Bakr ( r a ) so'ngi maktublari Hazrat Umarga
Добавить комментарий
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив